Янгиликлар
MIRZAOBOD TUMANIDA HUQUQIY TARG'IBOT TADBIRI O'TKAZILDI
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Safarboy Tog'ayev hamda viloyat adliya bosqarmasi bo'lim boshlig'i Qobiljon Ahmadjonovlar tomonidan Mirzaobod tumanidagi Musiqa maktabining majlislar zalida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash va dinlararo bag‘rikenglikni mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlar, shuningdek "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar tog'risida"gi O'zbekiston Respublikasining yangi tahrirda qabul qilingan Qonunining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda tuman hokimligining diniy masalalar bo‘yicha xodimi, Sirdaryo tumanidagi tashkilot, idora va massasalarning, umumta’lim maktablarining ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda mazkur tashkilotlarning kadrlar bo‘limi boshliqlari qatnashishdi.Ta'kidlanganidek, vijdon erkinligi – bu fuqarolarning xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik bo‘yicha kafolatlangan konstitutsiyaviy huquqidir.Tadbir mobaynida mazkur qonun mazmun-mohiyati va ahamiyati to'g'risida batafsil so'z yuritilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollar bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi.Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi