Янгиликлар
07
BAYRAM MUBORAK, AZIZ AYOLLAR!
Ayol – go‘zallik, cheksiz mehr-muhabbat va sadoqat timsoli, u bor maskanga fayz kiradi. U bir vaqtning o‘zida sevimli rafiqa, jonkuyar ona, orasta uy bekasi bo‘lishi bilan birga jamiyat va davlat boshqaruvida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan insondir.
"Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol". Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida yangi ish kuni ushbu tarona bilan bayramona kayfiyatda boshlandi. 8-mart- Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan boshqarmada faoliyat yurotayotgan xotin-qizlarga bu kun alohida hurmat-ehtirom ko'rsatildi.
Sana munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda xotin-qizlarning jamiyatda, oilada tutgan e'tirof etildi. Boshqarma boshlig‘i Salohiddin Sattarov tashkilotda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni ulug' ayyom bilan samimiy tabrikladi. Yo‘llangan bayram tabriklarida ayollar ulug‘landi, madh etildi.
Tizimda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar sha'niga go'zal ash'orlar o'qildi, samimiy dil izhorlari ila bayramona kayfiyat ulashish barobarida sovg‘alar ham topshirildi.
Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi