Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

8_mart_xalqaro_xotin_qizlar_kuni


Harbiy xizmatchilar va ular oila a’zolarining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi va Mirzaobod tumanida joylashgan 532-SCHR Batalyoni o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan bo‘lib, har haftaning payshanba kunlari doimiy ravishda huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib kelinadi.
Batalon rahbariyati tomonidan  yaqin hamkorlik uchun Adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limiga minnatdorchilik bildirildi hamda “8-mart  - Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan bo‘lim xodimlariga bayram tuhfalari taqdim etildi.
-  Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash niyatidamiz. Kelgusida harbiy xizmatchilarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida yangi rejalar ustida ishlayapmiz, - deydi Batalyon komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, mayor Alisher Abdurasulov.