Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

“Xotin-qizlar huquqlari bo’yicha dolzarb ikki oy” loyihasi doirasida Yangiyer shahar Tibbiyot birlashmasida seminar o'tkazildi


Yangiyer shahar Yuridik xizmat ko’rsatish markazi tomonidan “Xotin-qizlar huquqlari bo'yicha dolzarb ikki oy” loyihasi doirasida Yangiyer shahar Tibbiyot birlashmasida seminar o'tkazildi.

Tadbirda xotin-qizlarning jamiyatda tutgan o‘rni va nufuzini yanada mustahkamlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar mazmun-mohiyati to'g'risida batafsil ma'lumotlar berildi.

Xususan, mehnat qonunchiligida xotim-qizlar uchun nazarda imtiyozlar, gender tenglik, xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish masalalariga alohida urg'u berildi.
Shuningdek, tadbir mobaynida yangi qabul qilingan bir qator qonun hujjatlari, jumladan, O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning va tardbirkorlik subyektlarining huquqlari kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi O’RQ-752-son qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 2021 yil 5 mart kungi “Xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-5020-son qarori, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 2022 yil 29 yanvar kungi “O’zbekiston Respublikasi fuqaroligiga oid masalalarni ko’rib chiqishning yangilangan tartibini belgilash to’g’risida”gi PF-61-son farmoni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2021 yil 6 dekabr kungi “Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash hamda Toshkent shaxrida boshpanasiz, og’ir turmush sharoitiga tushib qolgan fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to’g’risida”gi 737-son qarori mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Bundan tashqari, “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi tomonidan tayyorlangan targ’ibot materiallari ishtirokchilarga tarqatildi. Seminar trening davomida qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi