Янгиликлар
"Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy" tadbiri doirasida Guliston shahar Obodonlashtirish boshqarmasida faoliyat yurituvchi xotin-qizlar uchun seminar-trening tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan "Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy" tadbiri munosabati bilan Guliston shahar Yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatiladigan davlat organlari va tashkilotlarida, shu jumladan ta’lim muassasalarida faoliyat yurituvchi xotin-qizlar ularning mavjud huquqlarini hamda mehnat faoliyatidagi imtiyozlarini tushuntirish uchun, shuningdek xotin-qizlarga oid qonunchilikdagi yangiliklarni tanishtirish maqsadida seminar-treninglar o‘tkazish bo‘yicha tasdiqlangan Reja-jadvalga asosan huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning 02 mart kuni, tadbir doirasida, Guliston shahar obodonlashtirish boshqamasida faoliyat yurituvchi xotin-qizlar uchun seminar-trening tashkil etildi .Tadbir jarayonida, ishtirokchi xotin-qizlarga Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning fevral-mart oylari “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” deb e’lon qilinganligi, shuningdek xotin-qizlarga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar, xususan O‘zbekiston Respublikasining mehnat qonunchiligida belgilangan imtiyozlar bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni, Gender tengligi tushunchasi mohiyati, hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorlarining mazmun-mohiyati to'g'risida tushuntirishlar berildi.
Tadbir davomida Guliston shahar Obodonlashtirish boshqarmasida faoliyat yurituvchi xotin-qizlarning huquqlai tushuntirilishi bilan bir qatorda ayol xodimalar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar taqdim etildi.
Guliston shahar YXKM