Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Sirdaryo tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo’limida faoliyat yuritayotgan ayollar uchun “Xotin qizlar huquqlari bo’yicha dolzarb ikki oy” loyihasi doirasida tadbir


Sirdaryo tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo’limida faoliyat yuritayotgan ayollar uchun “Xotin qizlar huquqlari bo’yicha dolzarb ikki oy” loyihasi doirasida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid chora tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror, “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilish to‘g‘risida”gi va “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlar mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish berildi.
Muloqot davomida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 46-moddasida xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligi mustahkamlab qo‘yilgani, davlatimiz Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi, Xotin-qizlarning siyosiy huquqlari to‘g‘risidagi, Bir xil qiymatga ega bo‘lgan mehnat uchun erkaklar va xotin-qizlarni teng rag‘batlantirish to‘g‘risidagi konvensiyalarga qo‘shilgani ayollar huquqlarini ro‘yobga chiqarish uchun qonuniy asos bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.

Shuningdek, mehnat qonunchiligida xotin-qizlar, xususan, xomilador va yosh bolasi bor ayollar uchun kafolatlangan imtiyozlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar tomondan berilgan savollarga javob berilishi bilan birga huquqni qo‘llash amaliyotida uchrayotgan muammolar yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi