Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Ayollar huquqi - tenglikni ta’minlashning garovidir


So'nggi yillarda mamlakatimizda demokratik ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda xotin-qizlarning faol ishtiroki inobatga olgan holda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va sotsial faolligini yanada oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda o'z qobiliyat va imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish, huquq va qonuniy manfaatlariga so'zsiz rioya qilinishini ta'minlash, onalik va bolalikni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, shuningdek, oila institutini mustahkamlash borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2019 yil 7 martdagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, ayollar mehnatini muayyan soha yoki kasblarda qo'llash bo'yicha taqiqlar bekor qilindi va qo’shimcha kafolatlar hamda imtiyozlar belgilangan.

 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.02.2019 yilda “Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5325-sonli Farmoni imzoladi. Farmon ko'ra, O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi faoliyatining ustuvor yo'nalishlari etib xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlashga doir davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta'minlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish, nogironligi bo'lgan ayollarning manzilli ro'yxatlarini tuzish, ularga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko'rsatish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, xotin-qizlarni, ayniqsa, qishloq joylardagi yosh qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish masalalarida har tomonlama manzilli qo'llab-quvvatlash; belgilandi.

 Bundan tashqari, xotin-qizlarni himoyalash mexanizmini kuchaytirish maqsadida joriy yilning 2 sentyabr kuni O'zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risidagi” O'RQ–561-sonli Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonun xotin-qizlarni turmushda, ish joylarida, ta'lim muassasalarida hamda boshqa joylarda tazyiqlar va zo'ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga qaratilgan. Shuningdek, sohadagi munosabatlarni tartibga solish, tazyiqlar va zo'ravonlikdan jabrlanganlarni huquqiy hamda ijtimoiy himoya qilish kafolatlarini ta'minlash ham qonunning muhim maqsadlaridandir.

 2020-yilning 2 sentyabr kuni O'zbekiston Respublikasining “ Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida”gi O'RQ–562-sonli Qonuni qabul qilindi. Qonunga ko'ra, davlat xizmati sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlash orqali davlat boshqaruvida turli jinsdagi shaxslarning ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratilishi kafolatlanadi.

 O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yilning fevral-mart oylari “Xotin- qizlar huquqlari bo’yicha dolzarb ikki oy” deb e’lon qilingan bo‘lib, Boyovut tumanida ham kehg ko‘lamli huquqiy targ’ibot tadbirlari tashkil qilinmoqda. Xususan, Boyovut tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilot va muassasalarda xotin-qizlarning mehnat huquqlari, uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash, xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun yaratilgan imtiyozlar, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olish bo‘yicha tushuntirish, targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

 Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, mamlakatimizda xotin-qizlarning og‘irini yengil qilish, huquq va manfaatlarini ta’minlash maqsadida qabul qilingan qonunlar,farmon va qarorlar jamiyatda xotin-qizlar faollligini yanada oshirish, oshirish, ularga nisbatan hurmat va ehtiromni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.


S.Alimov,

Boyovut tuman yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti