Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Odob-axloq qoidalariga rioya etish davlat xizmatchisining kasbiy faoliyatida bosh mezon bo‘lmog‘i darkor


Davlat xizmatchilari xushmuomala, iltifotli, odobli, e’tiborli, fuqarolar va hamkasblari bilan munosabatda sabr-toqatli bo‘lishi, ularni hurmat qilishi shart. Ular o‘ziga bo‘ysunuvchilarga va fuqarolarga nisbatan qo‘pollik qilmasligi, odamlarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitmasligi, ularga asossiz psixologik va jismoniy ta’sir ko‘rsatish holatlariga yo‘l qo‘ymasligi kerak.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida o‘tkazilgan navbatdagi “Ma’rifat soati” Vazirlar Mahkamasining “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratildi.

Tadbirda odob-axloq qoidalari huquqbuzarlikning oldini olishga, ular sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etishga, davlat xizmatchilarini yuksak huquqiy ong, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga, fuqarolarning huquq va erkinliklariga qat’i rioya qilish ruhida tarbiyalashga yo‘naltirilganligi alohida ta’kidlandi.

Bundan tashqari, Tashkiliy-nazorat va tahlil ishlari bo‘limi boshlig‘i A. Mavlonov tomonidan adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirishda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish maqsadida ishga tushirilgan virtual adliya tizimi, mazkur tizimning afzalligi, tizimga ma’lumotlari kiritish tartibi batafsil tushuntirildi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va marifat bo‘limi