Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

"Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy" loyihasi doirasida Xovos tuman Yangiyer mahallasida huquqiy targ'ibot tadbiri o'tkazildi


Ayol hayot shamchirog‘i, oila gultoji. Jamiyat tamadduni xotin-qizlar faolligiga bog‘liq. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 1 mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ham aynan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi hamda ularning jamiyatdagi mavqeyini yanada mustahkamlash masalalari muhokamalar markazida bo‘ldi.  

Darhaqiqat, bugun xotin-qizlarimiz farzand tarbiyasida, turli sohalarda, mahallalarda fidoyilik ko‘rsatmoqda. Ularning og‘irini yengil qilish, huquq va manfaatlarini ta’minlash maqsadida so‘nggi yillarda bir qator qonunlar,farmon va qarorlar qabul qilindi.
”Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” loyihasi doirasida Xovos tuman adliya bo‘limi tashabbusi bilan tuman hokimligi, tuman mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi hamkorligida Yangiyer mahallasida o‘tkazilgan “Ayol, oila, jamiyat” mavzusidagi tadbir xotin-qizlarning jamiyatda tutgan o‘rni va nufuzini yanada mustahkamlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadini ilgari surdi.

Tadbirda so‘z olganlar xotin-qizlarning konstitutsiyaviy huquq va manfaatlari, yurtimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatda tutgan o‘rni va nufuzini yanada oshirishga qaratilgan e’tibor va bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida o‘z-fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Chindan ham mamlakatimizda xotin-qizlar uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Ayniqsa, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining tashkil etilganligi ayollarimizni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, huquqiy himoyasini kuchaytirish, ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, davolanishi, jamiyatda o‘z o‘rnini topishida muhim o‘rin tutadi. Tadbirda ushbu masalalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Huquqiy targ‘ibot tadbiri keng ko‘lam kasb etdi. Jarayonda sayyor qabul o‘tkazilib, bandlik, moddiy yordam, uy-joyni rasmiylashtirish, aliment undirish, pensiya ta’minoti kabi masalalarda 50 ga yaqin murojaatlar qabul qilindi. Kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha zarur huquqiy tushuntirishlar berilib, muddat talab qiladiganlari o‘rganish uchun tegishli mas’ullar tomonidan ish yurituvga olindi.
Xotin-qizlar uchun tibbiy ko‘rik tashkil qilinib, salomatliklari nazoratdan o‘tkazildi. 
Shuningdek, tadbir mobaynida mehnat yarmarkasi ham tashkil etildi. Yarmarkada tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi 200 ta bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi. Shu kuni 15 nafar xotin-qizlarning bandligi ta’minlandi. 
Ha, tadbir ana shunday samarali bo‘ldi, o‘nlab yangiyerlik xotin-qizlarning bandligi ta’minlandi, ko‘plab muammolarga huquqiy yechim topildi, eng muhimi madaniy hordiq olish imkoni paydo bo‘ldi.

Bir so'z bilan aytganda, yangragan dilbar kuy va qo‘shiqlar munis opa-singillar, mo’tabar onaxonlarga bayram kayfiyatini baxsh etdi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi