Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

FEVRAL OYINING ENG YAXSHI XODIMI ANIQLANDI


 Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida 2022-yilning fevral oyi uchun Sardoba tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti Pakirov Begali Sariyevich “Oyning eng yaxshi xodimi” deb topildi.
     Pakirov Begali Sariyevich – 1976-yilda Jizzax viloyati Forish tumanida tugʻilgan, millati oʻzbek, maʼlumoti oliy, huquqshunos. 1999 yilda Toshkent Davlat yuridik universitetini tamomlagan.     B.Pakirov mehnat faoliyatini Jizzax viloyati G‘allaorol tuman prokurorining ish o‘rganuvchi yordamchisi lavozimidan boshlagan. 2000-2020-yillarda turli mas’ul lavozimlarda ishlagan.
B.Pakirov 2021-yildan Sardoba tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
    Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi jamoasi Pakirov Begali Sariyevichni ushbu eʼtirof bilan tabriklab, kelgusidagi ishlarida omad va muvaffaqiyat hamroh boʻlishini tilaydi.