Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Tadbirkor adliyadan minnatdor


“Sirdaryo ta’mirlash-tiklash xizmati” davlat unitar korxonasi va “Yangi Asr Yangiyer” mas’uliyati cheklangan jamiyati  o’rtasida qurilish mollari yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzilgan.

Shartnomaga muvofiq “Yangi Asr Yangiyer” MChJ tomonidan “Sirdaryo ta’mirlash-tiklash xizmati” DUK ga qiymati 60 000 000 (oltmish million) so‘mlik qurilish mollari yetkazib berilgan.

Biroq, bir necha bor talabnoma yuborilganligiga qaramasdan “Sirdaryo ta’mirlash-tiklash xizmati” DUK shartnomada belgilangan majburiyatini bajarmagan.

Shundan so‘ng, “Yangi Asr Yangiyer” MChJ direktori A.Naimov qarzdor tashkilotdan to‘lovlarni undirishda amaliy yordam so‘rab Yangiyer shahar adliya bo‘limiga murojaat qildi.

Murojjat adliya bo‘limining ish yurituviga olindi. O‘rganish davomida murojaatchining shikoyati asosli ekanligi o‘z tasdig‘ini topdi.

Oqibatda, adliya bo‘limi tomonidan “Yangi Asr Yangiyer” MChJ manfaatida Guliston tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo arizasi kiritildi.

Natijada, da’vo ariza qanoatlantirilib, “Sirdaryo ta’mirlash-tiklash xizmati” DUK hisobidan “Yangi Asr Yangiyer” MChJ foydasiga 60 000 000 (oltmish million) so‘m asosiy qarz hamda 5 000 000 so‘m penya undirish bo’yicha Guliston tumanlararo iqtisodiy sudining hal qiluv qarori qabul qilindi.

  Arslonbek Noraliyev,

  Yangiyer shahar adliya bo‘limi bosh maslahatchisi