Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Veterinariya va chorvachilik sohasida faoliyat yurituvchi xotin-qizlar uchun "Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy" tadbiri doirasida seminar-trening tashkil etildi


O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan "Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy" tadbiri munosabati bilan Guliston shahar Yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatiladigan davlat organlari va tashkilotlarida, shu jumladan veterinariya va chorvachilik sohasida faoliyat yurituvchi xotin-qizlarga ularning mavjud huquqlarini hamda mehnat faoliyatidagi imtiyozlarini tushuntirish uchun, shuningdek xotin-qizlarga oid qonunchilikdagi yangiliklarni tanishtirish maqsadida seminar-treninglar o‘tkazish bo‘yicha tasdiqlangan Reja-jadvalga asosan huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda.

2022- yilning 03 mart kuni, tadbir doirasida, Guliston shahar Guliston shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo'limida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarga xotin-qizlarga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar, xususan O‘zbekiston Respublikasining mehnat qonunchiligida belgilangan imtiyozlar bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni, Gender tengligi tushunchasi mohiyati, hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorlarining mazmun-mohiyati to'g'risida tushuntirishlar berish maqsadida seminar-trening tashkil etildi .

Shuningdek tadbir ishtirokchlariga "Ayollar daftari"ga kiritilgan va tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan xotin-qizlarga BHMning 150 baravarigacha (40 500 000 so‘m) miqdorda, 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga kredit ajratilishi va ushbu kreditlar Mikrokreditbank, Agrobank va Xalq bankining tuman (shahar) filiallari orqali berilishi ham tushuntirib o'tildi.

Tadbir davomida Guliston shahar Guliston shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo'limida faoliyat yurituvchi xotin-qizlarning huquqlai tushuntirilishi bilan bir qatorda ayol xodimalar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar taqdim etildi.

Guliston shahar YXKM