Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Xotin_qizlar_huquqlari


"Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy" tadbiri munosabati bilan Guliston shahar Yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatiladigan davlat organlari va tashkilotlarida, shu jumladan madaniyat sohasida faoliyat yurituvchi xotin-qizlar ularning mavjud huquqlarini hamda mehnat faoliyatidagi imtiyozlarini tushuntirish uchun, shuningdek xotin-qizlarga oid qonunchilikdagi yangiliklarni tanishtirish maqsadida seminar-treninglar o‘tkazish bo‘yicha tasdiqlangan Reja-jadvalga asosan huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Huquqiy targ‘ibot tadbiri doirasida 2022-yilning yilning 03 mart kuni, Guliston shahar Madaniyat bo'limi hamda mazkur bo'lim tasarrufidagi ko'zi ojizlar jamiyatida o'z mehnat faoliyatini olib borayotgan xotin-qizlar uchun seminar-trening tashkil etildi. Mazkur tadbir jarayonida, tadbir qatnashchilariga O'zbekiston Respublikasida xotin-qizlarga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar, xususan O‘zbekiston Respublikasining mehnat qonunchiligida belgilangan imtiyozlar hamda nogironligi bor shaxslar uchun berilgan alohida kafolatlar bo‘yicha, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni, Gender tengligi tushunchasi mohiyati, hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorlarining mazmun-mohiyati to'g'risida tushuntirishlar berildi.

Tadbir davomida Guliston shahar Madaniyat bo'limida hamda bo'lim tasarrufidagi "Ko'zi ojizlar jamiyati"da faoliyat yurituvchi xotin-qizlarning huquqlari tushuntirilishi bilan bir qatorda ayol xodimalar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi