Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Sirdaryo tumanida “Huquqiy axborot kuni” o'tkazildi


Sirdaryo tuman bolalar va o’smirlar sport maktabida “Huquqiy axborot kuni” doirasida ostida targ'ibot tadbiri boʻlib oʻtdi.

Unda, Sirdaryo tuman adliya bo’limi bosh maslahatchisi S.Hamroyev, Din ishlari qoʻmitasining Sirdaryo tuman hududiy boshqarmasi mutaxassisi J. Rahmatullayev, maktab rahbar xodimlari va boshqa hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar bugun mamlakatimizda qonun ustuvorligini taʼminlash, aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida fikr-mulohazalarini bayon qilib, mamlakat taraqqiyoti avvalo yoshlarga, ularga qanday taʼlim-tarbiya berilayotganiga bogʻliq ekanligini, shuningdek, jamiyatda ota-onalarning rolini oshirish bilan birga yoshlarimizning huquqiy madaniyati va huquqiy qarashlarini yuksaltirishga hamda qonunga itoatkorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan tarbiyaviy va tashkiliy xususiyatga ega boʻlgan keskin choralar koʻrish, huquqbuzarliklarning oldini olishda fuqarolarning ishtirokini taʼminlash zarurligi, “Jaholatga qarshi maʼrifat” kabi ulugʻvor gʻoyani shior qilib, yurt tinchligi va taraqqiyotida yoshlarimiz oʻzining munosib oʻrniga ega boʻlishi hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar asosan, kelajakda barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilayotgani xususida gapirib oʻtishdi.
Qolaversa, yoshlarning ilm-maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy mezonini yuksaltirish, talaba-yoshlar oʻrtasida turli huquqbuzarlik, jinoyatchilikni oldini olish, ijtimoiy tarmoq va internet jahon axborot tizimidan toʻgʻri maqsadlarda foydalanish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri ekanligini taʼkidlab oʻtishdi.

Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi