Янгиликлар
03
Oqoltin tumanida "Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusida huquqiy targ'ibot tadbiri hamda xotin-qizlar uchun sayyor qabul tashkil etildi
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan "Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusida Oqoltin tumanida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash va dinlararo bag‘rikenglikni mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlar, shuningdek “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 409-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizom va boshqa me’yoriy hujjatlar mazmun-mohiyatini keng omma e’tiboriga etkazish maqsadida seminar tashkil etildi.
Tadbirda viloyat adliya boshqarmasi, tuman adliya bo‘limi, tuman hokimligining diniy masalalar bo‘yicha xodimi, Oqoltin kasb-hunar maktabi rahbar va xodimlari, tumandagi "Mustaqillik", "Obod", "Toshkent" va "Yangi hayot" mahallalarining fuqarolari qatnashishdi. Seminarda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Tog‘ayev ma’ruza bilan ishtirok etdi.
"Xotin-qizlar huquqlari bo'yicha dolzarb ikki oy" tadbiri munosabati bilan seminardan so'ng xotin-qizlar uchun sayyor qabul o'tkazildi. Sayyor qabul jarayonida kelib tushgan 6 ta murojaatlarning 4 tasiga joyida huquqiy tushuntirish berilib, qolgan 2 ta murojaat ko‘rib chiqish uchun ish yurituvga qabul qilinib, alohida nazoratga olindi.
“Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” tadbirlari doirasida joylarda targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi