Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

"Kontrafaktsiz oy" oyligida dorixonalar o'rganilmoqda


"Kontrafaktsiz oy" oyligi doirasida Sirdaryo viloyati Intellektual mulk himoyasi markazi tomonidan dorixonalarda kontrafakt mahsulotlar sotuviga qarshi targ'ibot va profilaktika tadbirlari o'tkazildi.  

  Targ'ibot-tashviqot davomida dorixona farmasevtlariga tovar va xizmat ko'rsatish belgisi, kontrafakt mahsulotlar haqida tushunchalar berildi. Farmasevt-sotuvchilar kontrafakt mahsulot sotganlik uchun ma'muriy javobgarlik belgilangani haqida ogohlantirildi.

Mirshayev Xasanjon, Markaz rahbari:

  Dori vositalari inson salomatligini asrashda asosiy vosita sanaladi. Ammo bemor o'ziga kerakli dori vositasi o'rniga kontrafakt dorini xarid qilsa, sog'lig'i yetarlicha tiklanmasligi yoki dori kutilganidek ta'sir etmasligi mumkin. Shunday holatlarni oldini olish uchun dorixona farmasevtlariga kontrafakt dori va uni haqiqiysidan qanday farqlash haqida ma'lumot berildi. Shuningdek, kontrafakt dori vositasi sotganlik uchun javobgarlik belgilangani bo'yicha ogohlantirildi.

Hurmatli iste'molchilar, dori vositasini albatta shifokor retsepti asosida xarid qiling. Ayniqsa dori nomlanishi va uni ishlab chiqaruvchisiga e'tibor qarating. Sog'ligingizga befarq bo'lmang.

Agar kontrafakt mahsulotga duch kelsangiz @ima_monitoring_bot ga xabar bering.