Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

Adliya_xabari


Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning fevral-mart oylari “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” deb e'lon qilingan.

Ushbu loyiha doirasida bugun, 2-mart kuni adliya vaziri R. Davletov vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar bilan videokonferensaloqa orqali ochiq muloqot o‘tkazdi.

Muloqotda adliya organlari va muassasalaridagi jami 8 mingdan oshiq xodim faoliyat yuritayotganligi, shundan 3 mingga yaqini, ya'ni 38 foizi xotin-qizlar ekanligi, bu esa nafaqat respublikada butun dunyoda yaxshi ko‘rsatkichligi alohida ta'kidlandi.

Statistikaga nazar tashlansa, o‘tgan 2021-yilda vazirlik tizimiga ishga qabul qilish bo‘yicha jami 226 ta tanlov o‘tkazilgan. Ularda ishga qabul qilinganlarning 428 nafari (28 foiz) xotin-qizlar, bu 2020 yilga nisbatan 2,5 baravarga oshgan. Yildan-yilga ko‘rsatgichlar yaxshilanmoqda.

Shuningdek, tizimda jami 320 nafar xotin-qizlar rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritmoqda. Bundan tashqari, jami 260 nafar ayollar yuqori lavozimlarga tayinlangan.

Adliya vazirligi nafaqat tizimdagi xotin-qizlar, balki butun jamiyat ayollarini qo‘llab-quvvatlash borasida bir qator loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.

Xususan, vazirlik tomonidan 2 ta qonun ishlab chiqib Hukumatga kiritildi, “Ayollarga huquqiy madad” qo‘llanmasini tayyorlandi va nashr qilindi, kurslar.huquqiyportal.uz platformasida ayollar huquqi bo‘yicha alohida onlayn-interaktiv kurslar ochildi.

Muloqot davomida vazirlik tizimida xotin-qizlarga yaratilgan imtiyozlar, qulaylik, ish rejimi va boshqa masalalar, jumladan tizimdagi iqtidorli xotin-qizlarimizni rag‘batlantirish, ularning iste'dodini ro‘yobga chiqarish uchun har yili “Adliya ayoli” tanlovini joriy qilish, uzoq yillar tizimda mehnat qilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish masalalari muhokam qilindi.

Adliya vaziri

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi