Янгиликлар
Ijtimoiy ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash va dinlararo bagʻrikenglikni mustahkamlash masalalarida seminar o'tkazildi
Sardoba tuman hokimligida Sirdaryo viloyati hokimligi tomonidan 2022-yil 19-yanvarda 06/06-72-son bilan tasdiqlangan 2022-yil Sirdaryo viloyatida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sogʻlomlashtirish, diniy bagʻrikenglik hamda millatlararo totuvlikni mustaxkamlash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlari “Yoʻl xaritasi”ning ijrosini ta’minlash maqsadida seminar yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Bunda Sirdaryo viloyati Adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari S.Togʻayev, tuman Adliya boʻlimi I.Yunusov, Din ishlari boʻyicha Qoʻmitaning Sardoba tuman vakili Sh.Poʻlatov, Sardoba tumani bosh imomi A.Xojiyev, Sardoba tumani xotin-qizlar oʻrtasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni muvofiqlashtirish boʻyicha targʻibot guruxi rahbari D.Moʻminova hamda tuman tashkilotlari rahbarlarining oʻrinbosarlari va kadrlar boʻlimi hodimlari, tuman Xalq ta’limi boʻlimi, umumiy oʻrtata’lim maktab direktorlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlari boʻyicha oʻrinbosarlari ishtirok etishdi.
Seminar davomida jamiyatda qonun ustuvorligini targʻib etish, jinoyatchilikning oldini olish, xotin-qizlar orasida ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash hamda ular oʻrtasida diniy mutaassiblikka berilish holatlarining oldini olish, ijtimoiy ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash va dinlararo bagʻrikenglikni mustahkamlash masalalarida soʻz yuritildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida"gi qonuni mazmun-mohiyatini keng ommaga yetkazish boʻyicha tushuntirish berildi.