Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

“Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari: maqsad va vazifalar, faoliyatni KPI tizimida baholash” mavzusidagi o‘quv amaliy seminar taassurotlarga boy bo'ldi


Xabaringiz bor, joriy yilning 28 fevral-3 mart kunlari Toshkent viloyatidagi “Olmos” konvension markaz majmuasida viloyatlar hamda Toshkent shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari ishtirokida “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari: maqsad va vazifalar, faoliyatni KPI tizimida baholash” mavzusidagi o‘quv amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. 
Seminar Markazlar faoliyatini tahlil qilish, markaz xodimlariga “E-huquqshunos” elektron tizimida ularning faoliyatini baholashning KPI tizimi bilan tanishtirish hamda Markazlar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil qilindi.
Uchrashuvda Markazlarni tashkil etishdan maqsad, ularning vazifa va funksiyalari hamda kutilayotgan natijalar haqida so‘z bordi.
Seminar konstruktiv ruhda, savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi. Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyati masofadan turib qanday baholanadi? Bu yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligi qanaqa bo‘ladi? Har bir tumanga borib o‘rganib kelish katta resurs talab qilmaydimi kabi o‘zlarini qiziqtirgan asosiy savollarga Markaz xodimlari batafsil javob oldilar.
Bir so‘z bilan aytganda, mazkur seminar Markaz xodimlari uchun mahorat maktabi vazifasini o‘tadi.

Seminar orqali markaz xodimlarining nafaqat bilim ko‘nikmalari oshdi, balki kelgusida ular o‘rtasida fikr almashish, do‘stona aloqalar o‘rnatish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi