Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati kengashining o‘ttiz ikkinchi sessiyasida Adliya boshqarmasi boshlig‘i Salohiddin Sattorovning axboroti tinglandi


Joriy yilning 1-mart kuni Xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashining o‘ttiz ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Salohiddin Ulug‘bekovich Sattorov 2021-yil davomida boshqarma va uning tizimidagi idoralari tomonidan amalga oshirilgan ishlar to`g`risida, shu jumladan, norma ijodkorligi, huquqni qo'llash amaliyoti hamda huquqiy targ`ibot faoliyatining holati yuzasidan axborot berdi.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 390-sonli qarori bilan mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatiga qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona «E-qaror» elektron tizimi joriy etilib, hujjatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chirib viloyat va tuman darajasida tasdiqlab qo‘yish amaliyotiga ma’lum darajada chek qo‘yildi.

Sessiyada “E-qaror» elektron tizimi” orqali qabul qilingan hujjatlar va ularni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish natijalari, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish sohasida adliya boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi.

Ta’kidlanganidek, huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish, aholiga qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini yetkazish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash, shuningdek davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy targ‘ibot sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirish adliya organlarining asosiy vazifalaridan biri sanaladi.

Shunga ko‘ra, 2021-yil davomida boshqarma tomonidan 25 569 marotaba huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Xususan, joylarda 8 093 marotaba og‘zaki huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil qilinib, 131 695 mingdan ziyod fuqarolar qamrab olindi.

“Adliya sayli”, “Vatan taqdiri – mening taqdirimda”, “Fermerga madad”, “Biz birgamiz”, “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi”, “Mustaqillik huquq demakdir”, “Men saylovda qatnashaman” kabi aksiya va fleshmoblar o‘tkazildi. Sessiyada huquqiy targ‘ibot va ma’rifat yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tildi.

Sessiyada adliya organlari tomonidan 2021-yil davomida amalga oshirilgan ishlar keng muhokama qilinib, deputatlarni qiziqtirgan barcha savollarga tegishli javoblar berildi.


Sirdaryo biloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi