Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Jaholatga qarshi ma'rifat quroldir


Ma’rifat tushunchasi madaniyat, ma’naviyat tushunchalari bilan bog‘liq. Ma’rifat ma’naviy qaramlikni bartaraf qiladi, insonga kuch-qudrat ato etadi. U kishilarni jaholatdan qutqaradi, buzuq ishlardan qaytaradi, yaxshi xulq va odob egasi bo‘lishga yordam beradi. Ma’naviyat va ma’rifat jaholatga qarshi quroldir. “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida Xovos tumanida tashkil etilgan huquqiy targ‘ibot tadbirida ushbu g‘oyalar ilgari surildi. 

Tadbirda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Safarboy Tog‘ayev mavzu doirasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. 

Darhaqiqat, inson o‘zligini anglab, atrof muhitdagi voqeliklarga befarq bo‘lmasdan , dunyoviy va diniy bilimlarni chuqur o‘rganishi va doimo izlanishi lozim. Ana shunda jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurasha oladi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, tadbirda ijtimoiy, ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, diniy ekstremizm va terrorizmning oldini olish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasi, odam savdosiga qarshi kurashish maqsadida aholi va yoshlar o‘rtasida keng ko‘lamli targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha kelishib olindi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi