Янгиликлар
02
"Xotin-qizlar huquqlari boʻyicha dolzarb ikki oy" loyihasi doirasida tadbirlar davom etmoqda
"Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy" loyihasi doirasida Yangiyer shahar adliya bo‘limi tomonidan Yangiyer shahar maktabgacha ta’lim bo‘limida davra suhbati tashkil etildi. Muloqot mobaynida ishtirokchilarga qonunchilikdagi yangiliklar va ayollarga berilgan imtiyozlar bo‘yicha huquqiy maslahatlar va tushuntirishlar berildi.
Jumladan, xotin-qizlarning mehnat huquqlari, uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash, xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun yaratilgan imtiyozlar, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olish bo‘yicha tartiblar to‘g‘risida shahar adliya bo‘limi bosh maslahatchisi Arslon Noraliyev tomonidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Sirdryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi