Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

So'ragan edingiz...


Savol: Men pensionerman, 26 yoshga to‘lmagan farzandim oliy ta’lim muassasasida tahsil oladi. Farzandimning kontrakt puli uchun qizim har oylik maoshidan to‘lov o‘tkazadi. Ushbu holatda daromad solig‘i bo'yicha imtiyoz qo‘llaniladimi?

I. Miroxurov, Boyovut tumani, “Ziyokor” MFY

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2010-yil 24-martdagi qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun yo‘naltiriladigan mablag‘larga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi”da Nizomga asosan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 24-martda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olishga (o‘zining o‘qishi yoki yigirma olti yoshga to‘lmagan farzandlarining ta’lim olishi uchun) yo‘naltiriladigan summalariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinmaydi, deb ko‘rsatilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 378-moddasining 16-bandida O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish (o‘zining, shuningdek yigirma olti yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) ta’lim olishi) uchun to‘lovlariga imtiyoz berilishi belgilangan.

Shunga ko‘ra, Sizning 26 yoshga to‘lmagan farzandingiz uchun to‘lov kontrakt puli qizingiz tomonidan to‘lanayotligi sababli daromad solig‘idan imtiyoz qo‘llanilmaydi.


Savolga Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Inson huquqlarini himoya qilish bo'limi bosh maslahatchisi To'lqin Turdibekov javob berdi.