Янгиликлар
Xotin_qizlar_huquqlari Sayyor qabul samarasi
Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning fevral-mart oylari “Xotin-qizlar huquqlari boʻyicha dolzarb ikki oy” deb eʼlon qilingan boʻlib, oylik doirasida xotin-qizlarga ularning huquqlarini tushuntirish va ularga yaratilgan imtiyozlar haqida xabardor qilish boʻyicha joylarda oʻquv-seminarlari, sayyor qabullar va boshqa tadbirlar oʻtkazib kelinmoqda.
Oylik doirasida Sirdaryo tuman adliya bo'limi tomonidan xotin-qizlar uchun sayyor qabul tashkil etilgan edi.
Shu kuni ko'plab fuqarolarning murojaatlariga huquqiy tushuntirish berish bilan birga, fuqarolarning o'rganish talab etiladigan murojaatlari tuman adliya boʻlimining ish yurituviga olindi.
O. Shayzoqova "Istiqlol" mahallasida istiqomat qiladi. U Sirdaryo tumanidagi 16-sonli umumta’lim maktabini 2009-yilda tamomlagan, ayrim sabablarga ko'ra, attestatini o'z vaqtida olmagan. Fuqaro bu borada bir necha bor maktab ma’muriyatiga murojaat qilgan bo'sa-da, hozirgi kunga qadar attestatini ololmagan.
Sayyor qabulda O.Shayzakova attestatini olishda adliya bo'limidan yordam so'ragan edi. Ushbu murojaat Sirdaryo tuman adliya boʻlimi mas’ul xodimlari tomonidan oʻrganilib, ijobiy hal etildi, fuqaro O.Shayzakova attestatini oldi.
- Sayyor qabulga ikkilanib kelgan edim, murojaatim shunchaki qog'ozda qolib ketishidan cho'chigan edim. Mana bir hafta ichida muammoni hal qilib berishdi, attestatimni qo'limga oldim, Adliya xodimlaridan minnatdorman,- deydi O.Shayzakova.
Ha, bugun hech bir murojaat eʼtibordan chetda qolmaydi, adliya organlari xalq orasida, hamisha huquqiy koʻmakka shay. Xotin-qizlar uchun tashkil etilgan ushbu sayyor qabul ham samarali bo'ldi, eng muhimi fuqarolarni rozi qilishdek ezgu maqsadlar mana shunday amaliy harakatlarda oʻz ifodasini topmoqda.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi