Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Xotin_qizlar_huquqlari


“Xotin-qizlar huquqlari bo`yicha dolzarb ikki oy” tadbiri munosabati Shirin shahar tibbiyot birlashmasida seminar tashkil etildi.

Seminarda shahar adliya bo`limi, shahar FHDY bo`limi, shahar aholi bandligiga ko`maklashish markazi mas’ul xodimlari ma'ruza bilan ishtirok etdilar.

Tadbirda milliy qonunchiligimizda xotin-qizlarga oid huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, ularning amal qilishi va hayotda tadbiq etilishi, ayollar oʻrtasida jinoyatchiliklarni oldini olishda profilaktik chora-tadbirlar, gender tenglik, xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish, ayollarning mehnatga oid huquqlarini himoya qilish va boshqa mavzularda huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, tadbirda odam savdosi, noqonuniy migratsiyaning salbiy oqibatlari haqida ham atroflicha so'z bordi

 Seminar so`ngida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mas'ul xodimlar tomonidan javoblar berildi hamda mavzuga oid targ'ibot materiallari tarqatildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi