Янгиликлар
Advokatlarning umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Advokatlar palatasi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi binosida viloyatdagi advokatlik tuzilmalarida faoliyat yuritayotgan advokatlarning umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda “Ma’muriy ishlarni ko‘rilishi va unda himoyachi ishtirok etishida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks va Ma’muriy sud ishlarini yurish to‘g‘risidagi kodeks talablariga rioya etilishi”, ”Jinoyat protsessida kelishuv institutiga oid yangiliklar” mavzusida ma’ruzalar qilindi.
Shuningdek, yig‘ilishda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Tog‘ayev ishtirok etib, ”Fuqarolar va yuridik tashkilotlar huquqlari himoya qilinishida Adliya va Advokatura idoralarining hamkorligi, jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishga oid qonun hujjatlarini ijro etilishida advokatlarning o‘rni” mavzusida ma’ruza qildi.
Yig‘ilishda ma’ruzalardagi mavzular, shuningdek Advokatlar faoliyatini himoya qilishini hamda Advokatning kasb etikasi qoidalariga amal qilinishi, fuqarolar bilan munosabatlarda turli muammolarni kelib chiqishiga erishishga oid holatlar bo‘yicha savol javoblar, takliflar bildirildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi