Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Xalq deputatlari Sayxunobod tumani Kengashining oltinchi chaqiriq qirq uchinchi sessiyasida tuman adliya boʻlimi boshligʻi Nail Tagirovning axboroti tinglandi


Xalq deputatlari Sayxunobod tumani Kengashining oltinchi chaqiriq qirq uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Xalq deputatlari Sayxunobod tuman kengashi deputatlari, tuman sektor rahbarlari, tegishli tashkilot rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi. 

  Sessiyada tuman adliya boʻlimi boshligʻi Nail Tagirov norma ijodkorligi hamda huquqni qoʻllash amaliyoti holati boʻyicha 2021-yil davomida Boʻlim tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi.

Taʼkidlanganidek, Boʻlim tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3666-sonli qarorining ijrosini taʻminlash borasida 2021-yilda bir qator ishlar amalga oshirildi.

 Jumladan, 2021-yil mobaynida tuman adliya boʻlimi ish yurituviga 466 ta xat va xujjatlar kelib tushgan boʻlib ijroga qaratilgan.

Xususan, boʻlim ish yurituviga fuqarolar va yuridik shaxslardan jami 170 ta murojaatlar, shundan 82 ta ariza, 88 ta shikoyatlar kelib tushgan, shundan 124 tasi hal etilib, 13 tasi tegishliligiga koʻra, hal etishlik uchun boshqa idoralarga yuborilishi taʻminlangan.

Norma ijodkorligi sohasida adliya boʻlimi tomonidan qonunchilikni takomillashtirishga doir 12 ta takliflar berilgan. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun 2 ta hujjat loyihasi taqdim etilgan boʻlib boʻlim tomonidan ushbu qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazilgan.

Shuningdek, tuman adliya boʻlimi tomonidan 2021-yil davomida 33 marotaba oʻrganish, 57 ta tashkilotda oʻtkazilib, jami 3647 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan.

Aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan 42 ta taqdimnomalar kiritildi. Shuningdek, kelgusida qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻymaslik xususida 118 ta ogohnomalar kiritilishi taʻminlangan. Bundan tashqari, oʻz vazifasini lozim darajada bajarmagan mansabdor shaxs va xodimlarga nisbatan 7 nafariga maʻmuriy javobgarlikga tortish yuzasidan takliflar tayyorlanib, tegishliligi boʻyicha yuborilgan boʻlib, 11 ta maʻmuriy takliflar kiritilgan.

Tuman adliya boʻlimiga oʻtgan davr mobaynida 1236 ta elektron tarzda normativ-huquqiy xujjatlar kelib tushgan boʻlib, ushbularning barchasi roʻyhat boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarga elektron shaklda yetkazilishi taʻminlangan.

Sayxunobod tumani adliya bo‘limi tomonidan 2021 yilda huquqiy targ‘ibot tadbirlari quyidagi tarzda amalga oshirilgan.

Xususan, ommaviy axborot vositalari orqali 1008 marotaba chiqish qilingan, shundan 1 tasi televideniya, 5 ta radio, 2 tasi gazeta va jurnallarda hamda 1000 tasi VEB sayt va boshqa elektron axborot vositalarida amalga oshirilgan.

Sessiya kun tartibida 11 ta masala ko'rildi. Kun tartibiga qo'yilgan masalalar yuzasidan Xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi