Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Uyushmagan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi


Yoshlar katta kuch sifatida bugun maydonga kirib kelmoqdaki, ularning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishni davr taqozo etmoqda. Adliya organlari tomonidan yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan turli uchrashuv va davra suhbatlari ushbu maqsadlar uchun xizmat qiladi. 
Shirin shahar adliya bo‘limi, Ichki ishlar hamda mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi hamkorligida "Amir Temur" mahallasida uyushmagan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. 

Tadbir davomida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish,bandligini ta’minlash, uy-joy olish uchun imtiyozli kreditlar berish, oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar, bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida keng ma’lumotlar berildi. 

Tadbirda jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi, noqonuniy migrasiyaning oldini olish, odam savdosi kabi mavzularga ham alohida urg‘u berildi. Chunki, yoshlar tarbiyasiga mana shunday uchrashuv va ochiq muloqotlar orqali ijobiy ta’sir ko‘rsatish mumkin.

Darhaqiqat, hayotda endigina o‘z yo‘lini izlayotgan, har imkoniyatga umid bilan qarayotgan yoshlar ko‘p. Ularning orzu-istaklari mana shunday uchrashuv va muloqotlarda yuzaga chiqadi. Bo‘lib o‘tgan uchrashuv ham samarali bo‘ldi. Jarayonda yoshlarni qiynayotgan muammolar tinglandi, ularning yechimiga oid rejalar bayon qilinib, tegishli vazifalar belgilandi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi