Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

Shaffof qurilish –davr talabi


Keyingi yillarda hukumatimiz tomonidan qurilish sohasida keng islohatlarni ruyobga chiqarish va uning samaradorligini amalga oshirish asnosida qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini  tashkil etish hamda  shaffoflikni ta’minlash maqsadida tegishli qator huquqiy normalar qabul qilindi.
Jumladan, hukumat qarori (46-son, 31.01.2022 y.) bilan Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini  tashkil etish va amalga oshirish  tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, maqsadli dasturlarga muvofiq  moliyalashtiriladigan ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash uchun pudrat tashkilotlarini faqat davlat xaridlari elektron tizimining elektron tender savdolari platformasi orqali aniqladi.
Mazkur Nizomga muvofiq davlat buyurtmachilarining bir shartnoma bo‘yicha qiymati BHMning 6000 baravaridan ortiq bo‘lgan qurilish sohasidagi elektron tenderlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Mazkur miqdordan kam bo‘lgan qurilish sohasidagi elektron tenderlarga ushbu tartib tavsiyaviy ahamiyatga ega.
Tender predmetining boshlang‘ich narxi (QQS bilan) BHMning 200 000 baravarigacha bo‘lgan elektron tenderlarda faqat o‘sha hudud (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri)da yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar qatnashadi.
Elektron tenderda ishtirok etish uchun takliflar berish muddati tugagan sanadan boshlab 2 ish kuni ichida platforma tomonidan tender g‘olibi aniqlanadi va g‘olib tashkilotga aksept yuboriladi. 
Aksept g‘olib tashkilot tomonidan tasdiqlangan kundan boshlab tender tugallangan deb hisoblanadi va g‘olib e’lon qilingan paytdan boshlab, 3 (uch kundan) kun muddatdan kechikmay tender natijasi bo‘yicha pudrat shartnomasini tuzishi mumkin.
Elektron tender natijalari bo‘yicha g‘olib e’lon qilingan paytdan boshlab, 3 kun muddatdan kechikmay pudrat shartnomasi tuziladi.
Elektron tender g‘olibi pudrat shartnomasini tuzishdan bosh tortgan hollarda, pudrat shartnomasini tuzish huquqi zaxiradagi g‘olibga o‘tadi.
Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
aksept — platforma tomonidan avtomatik ravishda oferentga yuboriladigan, elektron tender g‘olibi deb e’tirof etilishi munosabati bilan shartnoma tuzishga rozilik berish to‘g‘risidagi elektron xabarnoma;
davlat buyurtmachisi — davlat xaridlarini amalga oshiruvchi davlat organlari va muassasalari, byudjet tashkilotlari, xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish uchun yo‘naltiriladigan byudjet mablag‘larini oluvchilar, davlat maqsadli jamg‘armalari, byudjet tashkilotlarida tashkil etilgan boshqa jamg‘armalar;
joriy yil uchun moliyaviy majburiyatlar hajmi — oferent tomonidan joriy yilda bajarish majburiyatini olgan ishlarning shartnomada ko‘rsatilgan qiymati. Bunda yildan yilga o‘tuvchi ob’yektlar bo‘yicha moliyaviy majburiyatlar hajmini hisoblashda, oferent yutib olgan ob’yektning tasdiqlangan qurilish-montaj ishlari bo‘yicha manzilli ro‘yxatda nazarda tutilgan hisobot yilida bajariladigan ishlar qiymati inobatga olinadi;
zaxiradagi g‘olib — elektron tender yakuniga ko‘ra platforma tomonidan g‘olib deb e’tirof etilgan oferentning tender taklifidan keyingi tender taklifi eng maqbul deb e’tirof etilgan oferent;
operator — davlat xaridlari sub’yektlariga davlat xaridlarining elektron tizimlarida xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatuvchi, davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ tomonidan belgilanadigan maxsus vakolatli yuridik shaxs;
oferent — elektron reytingda mavjud bo‘lgan, qurilish sohasidagi elektron tenderda qatnashish va g‘olib bo‘lish maqsadida o‘z taklifini platformaga elektron shaklda joylashtirgan qurilish-pudrat tashkiloti;
talabgor — ofertasi platforma tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgunga qadar e’londa ko‘rsatilgan shartlarga muvofiq elektron tenderda qatnashish istagi bo‘lgan hamda elektron reytingda mavjud bo‘lgan qurilish-pudrat tashkiloti;
tenderni o‘tkazish bo‘yicha maxsus axborot platformasi — qurilish sohasida davlat xaridlari amalga oshirilishi, xaridlar to‘g‘risidagi e’lonlar, xarid qilish tartib-taomillari, oferentlarning takliflari, xaridlar yakunlari haqidagi va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa axborotlar elektron shaklda joylashtirilishini va ko‘rilishini, shuningdek, tenderlar elektron o‘tkazilishini ta’minlovchi veb-sayt va maxsus elektron platforma (keyingi o‘rinlarda — platforma);
tender predmeti — loyiha-smeta hujjatlari bo‘yicha vakolatli organ tomonidan berilgan ijobiy kompleks ekspertiza xulosasi mavjud bo‘lgan quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan va mukammal ta’mirlanadigan ob’yekt;
tender taklifi — elektron tender hujjatlarida belgilangan shartlarga muvofiq tender predmetiga nisbatan oferentning platforma orqali elektron shaklda taqdim etilgan taklifi;
tender taklifini ta’minlash kafolati — tender predmetining boshlang‘ich narxidan (QQS bilan) 2 foizdan ortiq bo‘lmagan tender taklifini ta’minlash kafolati bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida yaxlitlangan miqdorda belgilanadi;
tender tashkilotchisi — qurilish sohasida tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid qilish bo‘yicha elektron tender hujjatlarining to‘liqligini hamda muvofiqligini o‘rganib chiquvchi, e’lonni platformaga joylashtiruvchi ixtisoslashtirilgan tashkilot;
elektron tender — qurilish sohasida davlat xaridini amalga oshirishning raqobatli tartib-taomili vositasida tender predmetining ijrochisini aniqlashni nazarda tutuvchi elektron mexanizm bo‘lib, uning natijasiga ko‘ra tender predmeti bo‘yicha eng yaxshi shartlarni taklif etgan oferent g‘olib deb e’tirof etiladi;
elektron tender hujjatlari — tender predmetining moliyaviy, tijorat, tashkiliy va boshqa tavsiflari hamda tenderni tashkil etish shartlari va o‘tkazish tartib-taomillari to‘g‘risidagi dastlabki axborotni o‘z ichiga oluvchi, davlat buyurtmachisi tomonidan tayyorlanadigan elektron hujjatlar to‘plami;
e’lon — davlat xaridlarini amalga oshirish usuli, talablari va shartlari, takliflarni taqdim etish muddatlari hamda tartibi ko‘rsatilgan, maxsus axborot portali orqali davlat xaridlarining elektron tizimiga davlat buyurtmachisi tomonidan joylashtiriladigan bo‘lajak davlat xaridlari to‘g‘risidagi axborot;
qurilish-pudrat tashkilotlarining sohaviy elektron reytingi — “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining sohalar bo‘yicha qurilish-pudrat tashkilotlarining kadrlar bilan ta’minlanganligi, moliyaviy ko‘rsatkichlari, raqobatbardoshligi, ish tajribasi, moddiy-texnik bazasi va mehnat muhofazasi bo‘yicha mezonlarga muvofiq malaka talablarini belgilovchi hamda boshqa reyting ko‘rsatkichlarini o‘zida aks ettiradigan elektron platforma;
qurilish sohasidagi davlat xaridlarining sub’yektlari (tender ishtirokchilari) — davlat buyurtmachisi, tender tashkilotchisi, platforma operatori va elektron reytingda mavjud bo‘lgan talabgor/oferentlar;
g‘olib — elektron tender yakuniga ko‘ra platforma tomonidan g‘olib deb e’tirof etilgan oferent.
Mazkur Nizom qoidalariga ko‘ra, elektron tender quyidagi tartibda o‘tkaziladi:
a) davlat buyurtmachisi:
Moliya vazirligining axborot tizimida belgilangan tartibda shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari ochadi;
platformada ro‘yxatdan o‘tib, ob’yektning identifikasiya raqamini kiritadi;
platformada tender tashkilotchisini tanlaydi hamda shartnoma imzolaydi;
elektron tender hujjatlarini tender tashkilotchisiga taqdim etadi;
b) tender tashkilotchisi:
elektron tender hujjatlarining to‘liqligi va to‘g‘riligini o‘rganib chiqadi;
platformaga tender predmeti to‘g‘risidagi e’lonni joylashtiradi;
v) talabgor:
e’longa muvofiq qurilish-montaj ishlari bajariladigan hududga (joyning o‘ziga) chiqqan holda ob’yektni o‘rganib chiqadi;
24 soat davomida xabardor qilish imkonini beradigan mobil telefon raqami va elektron manzilini platformaga kiritadi hamda shaxsiy kabinetini ochadi;
g) oferent shaxsiy kabineti orqali tender predmeti bo‘yicha tenderda qatnashish uchun platformaga o‘zining STIR xos raqamini kiritadi;
d) platforma oferent kiritgan STIR bo‘yicha vazirlik, tashkilot va tizimlarning ma’lumotlar bazasidan quyidagilarni avtomatik tarzda:
«Shaffof qurilish» milliy axborot tizimidan sohaviy elektron reytingda mavjudligini hamda tender predmetining qiymati va xavf-xatar toifasiga mosligini;
Davlat soliq qo‘mitasining elektron ma’lumotlar bazasidan soliqlardan boqimanda qarzdorligi mavjud emasligini;
Markaziy bankning elektron ma’lumotlar bazasidan oferentning xizmat ko‘rsatuvchi bankdagi asosiy va ikkilamchi hisobvarag‘ida 2-son kartoteka qarzdorligi hamda bank kreditlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud emasligini;
Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining elektron ma’lumotlar bazasidan oferentning o‘z balansidagi asosiy fondlariga va mulkiga taqiq qo‘yilmaganligini;
Davlat statistika qo‘mitasining elektron ma’lumotlar bazasidan joriy yil uchun moliyaviy majburiyatlari hajmi oferent tomonidan so‘nggi uch yillik hisobot davrining bir yilida bajarilgan eng yirik ishlar hajmi 2 baravardan oshmaganligini;
Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasining elektron ma’lumotlar bazasidan qurilish sohasidagi hududiy nazorat inspeksiyalarida ro‘yxatga olingan ob’yektlar bo‘yicha qurilishni yakunlash muddatidan o‘tib ketmaganligini;
Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agenligining elektron ma’lumotlar bazasidan platformada o‘z taklifini biriktirgan oferentlar va davlat buyurtmachisi o‘rtasida affillanganlik xususiyati mavjud emasligini;
platformaning o‘z tizimidan QQS bilan taklif narxining QQS bilan boshlang‘ich narxidan baland hamda 95 foizidan past emasligini, shuningdek, taklif etilgan qurilish muddati ob’yekt bo‘yicha belgilangan qurilish muddatidan ortiq emasligini;
y) oferent ushbu bandning «d» kichik bandida nazarda tutilgan talablardan ijobiy natijalar bilan o‘tganda, ushbu Nizomga 2 — 4-ilovalarga muvofiq shakllarni to‘ldirgan holda platformaga yuklaydi;
j) platforma:
oferentlar takliflarini ushbu Nizomning 35-bandida keltirilgan formula yordamida avtomatik ravishda baholaydi;
g‘olib va zaxiradagi g‘olib tashkilotlarni aniqlaydi;
baholash natijalari bo‘yicha elektron hisobotni shakllantiradi va ochiq ko‘rinishda joylashtiradi;
elektron tenderda g‘olib bo‘lgan oferentga aksept yuboradi;
z) g‘olib qurilish-pudrat tashkiloti akseptni tasdiqlaydi;
i) davlat buyurtmachisi elektron tenderda g‘olib bo‘lgan oferent bilan pudrat shartnomasini imzolaydi hamda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan pudrat shartnomasini platformaga yuklaydi;
k) platformaga yuklangan pudrat shartnomasiga muvofiq ob’yektning boshlang‘ich QQS bilan narxidan 2 foizdan ortiq bo‘lmagan tender taklifini ta’minlash kafolat summasi g‘olib va zaxira g‘olib tashkilotlar hamda oferentlarning hisobvaraqlariga bank xarajatlari ushlangan holda, platformaning hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot bilan platforma o‘rtasida o‘rnatiladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’lumot almashinuvi doirasida avtomatik ravishda platforma tomonidan qaytariladi.
         Elektron tender natijalarini rasmiylashtirish, tuzilgan pudrat shartnomalari bo‘yicha hisob-kitoblarni tashkil etish, pudrat shartnomasi majburiyatlari bajarilishi monitoringini olib borish hamda shikoyatlar, nizo va kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Mazkur Nizom talablariga muvofiq o‘tkaziladigan elektron tender bo‘yicha shikoyatlar, nizo va kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish uchun ishchi organ etib — Qurilish vazirligi belgilanadi.
Nizom talablariga muvofiq tuzilgan shartnomalar bo‘yicha qurilish muddatini uzaytirish, ob’yektning qiymatiga o‘zgartirish kiritish hamda qoldiq qiymatlarini qayta aniqlashtirish Qurilish vazirligining xulosasiga asosan amalga oshiriladi.
Operator tenderga taalluqli barcha hujjatlarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda saqlanishini ta’minlaydi.
Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.

Xovos tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti Q.Muradov