Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Yoshlarga e'tibor - kelajakka e'tibor


Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslari mustahkamlanib, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, yosh oilalar mustahkamligini taʼminlash, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari esa doimo diqqat eʼtiborda.

Sayxunobod tuman adliya boʻlimi, ichki ishlar, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi bilan hamkorlikda 6-sonli umumtaʼlim maktabida tashkil etilgan “Huquqiy axborot soati” tadbiri yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ular oʻrtasida buzgʻunchi gʻoyalarga qarshi kurashishni keng targʻib qilish, huquqbuzarliklarga qarshi immunitetini mustahkamlash maqsadlariga qaratildi.  

Tadbirda soʻz olganlar huquqbuzarlik bu maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan aybli gʻayrihuquqiy qilmish ekanligini alohida taʼkidlab, huquqbuzarliklar profilaktikasi orqali ushbu illatga barham berish mumkinligi haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Tadbir qamrovi keng bo'ldi. Shu kuni odam savdosi va noqoqnuniy migratsiyaning salbiy oqibatlari ham tushuntirildi.

Shuningdek, tadbirda tuman adliya boʻlimi boshligʻi Nail Tagirov tomonidan “Xotin-qizlar huquqlari boʻyicha dolzarb ikki oy” tadbiri doirasida xotin-qizlarning huquqlari, qonunchilikda belgilangan imtiyozlar va yaratilgan imkoniyatlar hamda xotin-qizlar huquqlari bo'yicha otkazilayotgan umummilliy imtihon toʻgʻrisida keng maʼlumotlar berildi.

Tadbir ochiq muloqot tarzida yanada qiziqarli tus oldi. Yoshlarni qiziqtirgan barcha savollarga soha xodimlari tomonidan javoblar berildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi