Янгиликлар
24
Xotin_qizlar_huquqlari
"Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy" loyihasi doirasida Sirdaryo tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan “ZOOM” platformasi orqali tumandagi umumta’lim maktablari o‘qituvchilari uchun huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Muloqot mobaynida ishtirokchilarga qonunchilikdagi yangiliklar va ayollarga berilgan imtiyozlar bo‘yicha huquqiy maslahatlar va tushuntirishlar berildi.
Jumladan, xotin-qizlarning mehnat huquqlari, uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash, xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun yaratilgan imtiyozlar, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olish bo‘yicha tartiblar to‘g‘risida Markaz boshlig‘i O.Niyatov tomonidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi