Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Sirdaryo viloyat uy-joy va kommunal xizmat ko'rsatish boshqarmasida “Korrupsiya – taraqqiyotga tahdid” mavzusida seminar o'tkazildi


Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarga barham berish masalasi davlat siyosati darajasiga koʻtarildi.

Chunonchi, 2017-yilda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi yagona davlat siyosatining maqsadli va tizimli yoʻlga qoʻyilishi uchun huquqiy zamin yaratdi.
Sirdaryo viloyat uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish boshqarmasida “Korrupsiya – taraqqiyotga tahdid” mavzusida tashkil etilgan seminarda mazkur Qonunning mazmun-mohiyatiga alohida urgʻu berildi. Tadbirda Adliya boshqarmasi mas'ul xodimlari hamda Guliston shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi boshlig'i Uchqun Tursunmuratov maʼruza bilan ishtirok etdilar.

Taʼkidlanganidek, korrupsiya taraqqiyotga gʻov. Uning turli koʻrinishlari jamiyatimizni yillar davomida yemirib keldi. Mamlakat taraqqiyotini oshirish uchun birinchi galda tanish-bilishchilik, korrupsiyaga barham berishga alohida eʼtibor qaratish lozim.Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi islohotlar, bu borada yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori mazmun-mohiyatiga ham atroflicha toʻxtalib oʻtildi. 


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi