Янгиликлар
Talabalar bilan uchrashuv qizg‘in savol-javob va munozalarga boy bo‘ldi
"Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari" tamoyili islohotlarning navbatdagisi sifatida 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan eng muhim reja va va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim qadamlarni maqsadlarga bog‘lab berdi.
Eng muhimi, qonun ustuvorligi va konstitutsiyaviy qonuniylikni ta’minlash hamda inson qadrini ushbu jarayonning bosh mezoni sifatida belgilash Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasining aynan bir yo‘nalishi sanaladi.
Chindan ham bugun har bir fuqaro mamlakatning xohlagan hududida emin-erkin yashashi, uy-joy va ko‘chmas mulk sotib olishi, fuqarolikka ega bo‘lishi, bilim olishi, mehnat qilishi, tadbirkorlik bilan shug‘ullanib, daromad topishi, turli davlat xizmatlaridan foydalanishi uchun keng imkoniyatlar mavjud. Asosiysi davlat idoralari xalqimiz uchun xizmat qilmoqda.
Guliston davlat universitetida tashkil etilgan tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot stategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmoni mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadiga qaratildi.
Tadbirda Guliston davlat universiteti professori Ravshanbek Mahmudov, Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Dilnoz Umurzoqova Farmon mazmun-mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdilar.
Shuningdek, tadbir mobaynida “Jaholatga qarshi ma’rifat”, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi – muhim vazifa”, "Odam savdosi - davr muammosi" kabi mavzularda ham ma’ruzalar qilindi.
Talabalar bilan uchrashuv qizg‘in savol-javob va munozalarga boy bo‘ldi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi