Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

"Xotin-qizlar huquqlari boʻyicha dolzarb ikki oy" tadbirlari doirasida Guliston shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan targ'ibot tadbiri tashkil etildi


Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning fevral-mart oylari "Xotin-qizlar huquqlari boʻyicha dolzarb ikki oy" deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan bugun, 17-fevral kuni Adliya boshqarmasi huzuridagi Guliston shahar Yuridik xizmat ko'rsatish markazi hamda hududiy Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi hamkorlikda Guliston shahar tibbiyot birlashmasida targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

Tadbirda dastlab milliy qonunchiligimizda xotin-qizlarga oid huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, ularning amal qilishi va hayotda tadbiq etilishi, ayollar oʻrtasida jinoyatchiliklarni oldini olishda profilaktik chora-tadbirlar, gender tenglik, xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish, ayollarning mehnatga oid huquqlarini himoya qilish va boshqa mavzularda huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shundan so'ng ayollarga tazyiq va zo'ravonlik natijasida xotin-qizlar orasida suitsid oshib borayotganligi alohida ta'kidlanib, bu kabi tazyiq va zo'ravonlik uchun jinoiy javobgarlik mavjudligi, shuningdek, tazyiq va zo'ravonlikga uchragan holatda xotin-qizlar qayerga murojaat qilishi kerakligi hamda himoya orderi xususida batafsil tushuntirishlar berib o'tildi.

Bundan tashqari uchrashuv davomida tibbiyot birlashmasi xodimlari o'zlarining qiziqtirgan savollar yuzasidan atroflicha javoblar olishdi. Bu kabi tadbirlardan ko'zlangan maqsad jamiyatda gender tengligi, xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishdir.

Guliston shahar YuXKM.