Янгиликлар
23
Sayyor qabulda aholining muammolari o'rganildi
Yangiyer shahar “Shodiyona” mahallasi viloyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli nisbatan og‘ir hududlardan biri sanaladi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Tog‘ayevning sayyor qabuli aynan ushbu mahallada tashkil qilindi. Maqsad aholining muammolarini o‘rganish, ularga huquqiy ko‘mak berish.
Sayyor qabul davomida 23 nafar fuqarolardan turli mazmunda murojaatlar kelib tushdi. Jumladan, uy-joy, moddiy yordam, ishga joylashish, taʼlim sohasidagi masalalar, davolanish uchun order olish, mehnat doir nizolar, tadbirkorlik faoliyati va boshqa sohalardagi muammolar yuzasidan qabul qilingan 12 ta murojaat bo‘yicha joyida huquqiy tushuntirishlar berildi, 11 nafar fuqaroning murojaatlari o‘rganish vaqt talab qilinganligi sababli “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatda va tartibda ko‘rib chiqish uchun ish yurituvga olindi.
Sayyor qabul mobaynida aholiga sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Ushbu qulaylik va sharoitdan unumli foydalangan holda “Shodiyona” mahallasi ahli ko'chmas mulk obyektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish, nikoh qayd etilganligi, nikohdan ajralganlik, sudlanmaganligi to'g'risidagi ma'lumotnomalarni tezkorlik bilan olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Bundan tashqari, muloqot jarayonida fuqarolarga davlat xizmatlaridan onlayn rejimda foydalanish tartiblari batafsil tushuntirildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi