Янгиликлар
22
O'qituvchi va murabbiylarga nisbatan majburiy mehnat , ularni obro'sizlantirishga qaratilgan xatti-harakatlarni oldini olish " mavzusida seminar tashkil etildi
«Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qaroriga ko'ra, xalq ta'limi xodimlarini xizmat majburiyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, majburiy mehnatga jalb qilish, xalq ta’limi xodimlarini ularning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan yig‘ilishlar va boshqa tadbirlarga jalb qilish, ularning bosma nashrlarga majburan obuna bo‘lishini tashkil etish ta'qiqlandi.
Bugungi kunda pedagog xodimlarning obro'sini oshirish, ularni jamiyatimidagi mavqeini ko'tarish muhim ahamiyat kasb etadi.
Guliston shahar Yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari hamda Sirdaryo viloyat Kasaba uyushmasi qo'mitasi bilan hamkorlikda Guliston shahridagi umuta'lim maktablari direktorlari va boshlang'ich tashkilot kasaba uyushmasi vakillari ishtirokida "O'qituvchi va murabbiylarga nisbatan majburiy mehnat , ularni obro'sizlantirishga qaratilgan xatti-harakatlarni oldini olish " mavzusida seminar tashkil etildi.
Mazkur seminar davomida pedagog xodimlarga ularning mehnat huquqlari, mehnat faoliyati davomidagi imtiyozlari va kafolatlari, xalq ta'limi xodimlarini majburiy mehnatga jalb qilish qonun bilan ta'qiqlanishi to'g'risida Markaz xodimlari tomonidan tushuntirishlar berildi.
Seminar davomida pedagog xodimlar tomonidan ularning faoliyatida bog'liq masalalr yuzasidan savollariga atroflicha javoblar berildi.
Farangis Muhammadiyeva,
Guliston shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti