Янгиликлар
Bir_murojaat_izidan
Tadbirkorlik sub’yektlari o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun shartnomaviy munosabatga kirishadilar. Chunki, shartnoma taraflar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlaydigan hamda kelgusi munosabatlar uchun kafolat vazifasini bajaradigan vositadir. Shartnomada belgilangan majburiyatlarning bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi javobgarlikka sabab bo‘ladi.
«FORTUNE INVEST » MCHJ hamda Sayxunobod tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi o‘rtasida “Avtotrasport xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha” shartnoma tuzilgan bo‘lib, mazkur shartnomaga binoan umumiy qiymati 227 252 055 so‘mlik avtotransport xizmatlari ko‘rsatilgan. Biroq, Sayxunobod tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan amalga oshirilgan avtotransport xizmatlari uchun to‘lovlar to‘liq to‘lab berilmagan. Natijada 145 009 330 so‘mlik qarzdorlik yuzaga kelgan.
«FORTUNE INVEST» MCHJ rahbari ushbu qarzdorlikni undirishda amaliy yordam so‘rab so‘rab Shirin shahar adliya bo‘limiga murojaat qildi.
Mazkur murojaat o‘rganilganda, shartnomaviy majburiyatlar bajarilmasdan, Sayxunobod tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasini oldida muddati o‘tgan jami 145009330 so‘mlik qarzdorlik yuzaga kelgani o‘z tasdig‘ini topdi.
Boz ustiga, qarzdorlikni to‘lab berishni so‘rab bir necha marotaba yuborilgan talabnomalar ham Sayxunobod tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan javobsiz qoldirilgan.
O‘zbekiston respublikasi Fuqarolik kodeksining 234-moddasidaga asosan majburiyatlar shartnomadan, ziyon yetkazish natijasida hamda ushbu Kodeksda ko‘rsatilgan boshqa asoslardan kelib chiqishi nazarda tutilgan bo‘lsa, 244-moddasida agar qonunchilik yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, majburiyatni bajarishni kechiktirishga yoki uni bo‘lib-bo‘lib bajarishga yo‘l qo‘yilmasligi qayd etilgan.
Yuqoridagilarga ko‘ra, Shirin shahar adliya bo‘limi tomonidan «FORTUNE INVEST» MCHJ manfaatida Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo ariza kiritildi.
Natijada, sudning hal qiluv qarori bilan Sayxunobod tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi hisobidan «FORTUNE INVEST» MCHJ foydasiga 145.009.330 so‘m asosiy qarz va 5.000.000 so‘m penya, 4.350.278,9 so‘m davlat boji undirilishi belgilandi.
Bekzod Gʻaybullayev,
Shirin shahar adliya bo‘limi bosh maslahatchisi