Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Bir_murojaat_izidan


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risidagi” Nizomga muvofiq davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash amaliyotini tahlil qilish va o‘rganish adliya organlarining asosiy vazifalaridan biri sanaladi.

Shunga ko'ra, Oqoltin tuman adliya bo‘limi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 27-apreldagi “Terma jamoalar hamda ularning zaxirasini sport musobaqalariga tayyorlashni, shuningdek ularni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi tuman doirasida qay darajada amalga oshirilayotganligi monitoring qilish yo‘li bilan o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida Oqoltin tuman bolalar va oʻsmirlar sport maktabi tomonidan mazkur qaror talablari bilan bog‘liq qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.

Xususan, 2020-yil va 2021-yillar davomida tasdiqlangan kalendar reja asosida o’tkazilgan barcha turdagi sport tadbirlari uchun  murabbiylar D.Xamrokulovga 19 440 000 so'm, I.Xayitqulovga 33 100 000 so'm, Sh.Pulatovga 9 000 000 so'm, Y.Kuzibikovaga 1 100 000  so‘m miqdorida ish haqiga tenglashtirilgan to‘lovlar to‘lab berilmagan.

Vaholanki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 27-apreldagi “Terma jamoalar hamda ularning zaxirasini sport musobaqalariga tayyorlashni, shuningdek ularni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 121-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazish hamda ular ishtirokchilarining moddiy taʼminoti normalarini belgilash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 4-bandida Hududiy Respublika sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlari qatnashchilarini ovqatlantirish ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻtkaziladigan sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlari sportchilari, trenerlari, sport hakamlari va boshqa qatnashchilarini ovqatlantirishni qoplash boʻyicha xarajatlar normalariga muvofiq taʼminlanishi belgilab qoʻyilgan.

Shuningdek, nizomning 15-bandida Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazishni, sport terma jamoalarini tayyorlash va ularning sport musobaqalarida qatnashishini, ularning moddiy va mulkiy taʼminotini, shuningdek jismoniy tarbiya va sportning ilmiy-metodik jihatdan taʼminlashni, jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining malakasini oshirishni moliyalashtirish vakolatli organlar hamda sport tashkilotlari tomonidan byudjet mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi nazarda tutilgan.

 Yuqoridagilardan kelib chiqib, Oqoltin tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman bolalar va oʻsmirlar sport maktabi murabbiylari D.Xamrokulov va boshqalar manfaatida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Oqoltin tumanlararo sudiga ariza kiritildi. Natijada sud buyrug‘i bilan fuqarolar Xamrokulov foydasiga  19 440 000 so'm, I.Xayitqulovga 33 100 000 so'm, Sh.Pulatovga 9 000 000 so'm, Y.Kuzibikova foydasiga 1 100 000  so‘m miqdorida ish haqiga tenglashtirilgan to‘lovlar to‘lab berilishi belgilandi. 


Hokimbek Erkaboyev,

Oqoltin tuman adliya bo'limi boshlig'i