Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Har bir bola mehr va e'tiborda


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 9-avgustdagi PQ-5216-son qarorida belgilanganidek, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hamda ularni farzandlikka yoki vasiylikka (homiylikka, patronatga) olgan fuqarolarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan bepul yuridik xizmat ko‘rsatiladi. Guliston shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan bu borada chora-tadbirlar belgilanib, tizimli ishlar yo'lga qo'yildi.
Joriy yilning 2022-yilning 21-fevral kuni markaz xodimlari va "Do'stlik" mahallasi mas'ul xodimi ishtirokida mazkur mahallada istiqomat qiluvchi chin yetim fuqaro Bektemirov Ibrohim To'rabek o'g'li tahsil olayotgan Guliston shahar 15-umumta'lim maktabiga tashrif buyurilib, maktab direktori hamda mas'ullar ishtirokida u bilan suhbatlashildi.
Shuningdek, "Navbahor" MFYda yashovchi holasining qaramog'ida bo'lgan Sagirova Madina Ikromovnaning ham tahsil olayotgan maktabiga ushbu mahalla raisi Ilhom Turdialiyev bilan birgalikda tashrif buyurilib, Sagirova Madina Ikromovna bilan ham suhbatlashildi.

Muloqot mobaynida yoshlarning muammolari o'rganildi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 25.10.2021 yildagi 656-son qarori bilan Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning tegishli normalari, yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ta'lim olishi, davolananishi va boshqa imtiyozlari to'g'risida huquqiy tushuntirishlar berildi.   

Uchrashuv yakunida Markaz xodimlari tomonidan bolalarga kitoblar va o’quv qurollari taqdim qilindi. 

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi