Янгиликлар
21
Xotin_qizlar_huquqlari
“Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” tadbiri munosabati bilan Oqoltin tuman adliya bo‘limi hamda mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash bo‘limi hamkorligida “Yangi davr” va “A.Navoiy” mahallalarida xotin-qizlar uchun sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabulda 15 murojaat qabul qilindi, shundan 5 ta murojaat o‘rganish uchn ish yurituvga olinib, qolgan murojaatlarga joyida huquqiy tushuntirish berildi.
Tadbirda mehnat qonunchiligida ayollarga berilgan ayrim imtiyozlar, “Temir daftar”, “Ayollar” va “Yoshlar” daftarlari bo‘yicha yordam ko‘rsatish yo‘nalishlari, xotin-qizlar uchun qo‘shimcha grant asosida oliy ta’lim muassasaga kirish uchun tavsiyanoma olish tartibi, tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida, gender tenglikka erishish strategiyasi haqida, yolg‘iz onalarga belgilangan imtiyozlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.