Янгиликлар
Xotin_qizlar_huquqlari
"Xotin-qizlar huquqlari boʻyicha dolzarb ikki oy" tadbirlari doirasida Xovos tuman adliya bo‘limi, Ichki ishlar boshqarmasi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash bo‘limi bilan hamkorlikda “TEXTILE FASHION” mas’uliyati cheklangan jamiyatida huquqiy targ‘ibot tardbiri tadbiri tashkil etildi. Tadbirda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning oila va jamiyatdagi rolini yanada oshirish maqsadida qabul qilingan qator normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati haqida keng ma’lumotlar berildi.
Tadbir mobaynida mehnat qonunchiligi bo’yicha ishtirokchilar tomonidan bir qator savollar berildi. 2 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar uchun imtiyozlar, bola parvarishi uchun tanaffus, mehnat ta’tiliga chiqish, ish vaqtidan tashqari ishlash tartiblari to‘g‘risidagi savollarga tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Ixtiyor Qayumov batafsil javob berdi.
Shu o‘rinda ta’kidlash joiz, adliya organlari ishtirokidagi har qanday tadbir savol-javoblar, munozaraga boy bo‘ladi. Mazkur tadbir ham ana shunday ruhda o‘tdi. Ishtirokchilar hayotiy zarur masalalar yuzasidan ko‘plab savollariga javob oldilar.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi