Янгиликлар
Boyovut tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi ko'magi bilan fuqaroga boquvchisini yuqotganlik nafaqasi tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularni davlat tomonihar tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash, ta’lim olishi, shuningdek, malakali tibbiy xizmatdan foydalanishi uchun uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish ustuvor vazifalardan biri etib belgilandi.
Qarorga asosan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hamda ularni farzandlikka yoki vasiylikka (homiylikka, patronatga) olgan fuqarolarga Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan bepul yuridik xizmat ko‘rsatiladi.
Shunga ko‘ra, Boyovut tuman Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan bu borada manzilli chora-tadbirlar belgilanib, tegishli targ‘ibot-tashviqot ishlari ishlari olib borilmoqda.
Tadbirlar mobaynida yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga hamda ularni farzandlikka yoki vasiylikka (homiylikka, patronatga) olgan fuqarolarga ularni qonuniy haq-huquqlarini tushuntirishdan tashqari, ularga berilayotgan qonuniy imtiyoz va kafolatlardan qay darajada foydalanayotganligi ahvoli ham o‘rganilmoqda.
Boyovut tumani “Navro‘z” mahallasida yashovchi G‘.Asatullaev 15 yoshda. U tog‘asi M. Suyarov bilan birga yashaydi. Ota-onasi 2012-yilda vafot etgan. Oradan 10 yil vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, shu kungacha unga homiylik va vasiylik organlari tomonidan vasiy, homiy tainlanmagan. G‘.Asatulayev Mahalla fuqarolar yig‘inida yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar ro‘yxatida tursa-da, unga o‘tgan davr mobaynida hech qanday ijtimoiy yordam ko‘rsatilmagan,
Hattoki, u Yangi yil bayrami munosabati bilan aholini ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga beriladigan moddiy yordam pulidan ham bebahra qolgan.
O‘rganish davomida aniqlangan ushbu kamchiliklar yuzasidan Boyovut tuman Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan G‘.Asatullaevning haq-huquqlarini tiklash va uni ushbu qonuniy huquq hamda imtiyozlaridan foydalanishini ta’minlash maqsadida tegishli ishlar amalga oshirildi. Markaz sa’y-harakatlari bilan “Fuqarolarning davlat pensiya taminoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan G‘.Asatullaevga 690000 (olti yuz to‘qson ming) so‘m miqdorida boquvchisini yuqotganlik nafaqasi tayinlandi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiytarg'ibot va ma'rifat bo'limi