Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Sayyor qabul: muammo va yechim


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari Adxam Shayjigitovning navbatdagi sayyor qabuli Sirdaryo tumanidagi “Navro'z” mahallasida o‘tkazildi.
 Sayyor qabul davomida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan turli mazmundagi murojaatlari tinglandi. Jumladan, moddiy yordam, pensiya ta'minoti,  uy-joyni xususiylashtirish, bankdan kredit olish, ishga joylashish, subsidiya, aliment undirish kabi masalalarda 15 ta murojaat kelib tushdi, shundan 8 nafar fuqarolarning murojaatlari yuzasidan joyida huquqiy tushuntirishlar berildi. O'rganish muddat va vaqt talab qiladigan qolgan 7 ta murojaat ish yurituvga qabul qilinib, ijrosi nazoratga olindi.

Sayyor qabullarni o'tkazishdan maqsad fuqarolarni qiynab kelayotgan muammoli masalalarga huquqiy yechim topish, aholiga har tomonlama ko'mak berishdan iboratdir. Navro'z mahallasi ahli bilan bo'lgan muloqot ham samarali bo'ldi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi