Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Profilaktika, manzilli targ'ibot – huquqbuzarliklarning oldini olishda muhim omil


Dunyoning barcha davlatlari intilayotgan dolzarb va o‘ta muhim muammolardan biri - bu jinoyatchilikning oldini olishdir. Yunon faylasuflari Aflotun va Arastu ta’kidlaganidek, «davlatning jazolash siyosatidan ko‘ra, huquqbuzarliklarning oldini olish - ustuvor ahamiyatga egadir». Haqiqatdan ham har qanday huquqbuzarlik sodir etilganidan uning oldini olgan ma’qul.
Xo‘sh, bunga qanday erishiladi? Albatta, huquqbuzarliklar profilaktikasi buning uchun eng to‘g‘ri va maqbul yo‘ldir. Mamlakatimizda esa jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha aniq mexanizm yaratilgan. Bu mexanizm boshqaruvning eng noyob tuzilmasi bo‘lmish mahalla institutiga tayanadi. Shu bois har bir hududda mahallabay tizimda ish yuritilayapti, barcha profilaktik tadbirlar esa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamkorligida o‘tkazilmoqda. Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan ham bu borada aniq manzilli chora-tadbirlar va yo‘l xaritalari ishlab chiqildi.
Adliya boshqarmasi tashabbusi bilan Sirdaryo viloyat sudi, Ichki ishlar boshqarmasi, Davlat xizmatlari agentligi, O‘zbekiston Respublikasi notarial palatasi, Yoshlar ishlari agentligi Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmalari hamkorligida Mirzaobod tumanidagi mashina bozorida o‘tkazilgan tadbir “2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonuni mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish maqsadlariga qaratildi.
“2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, 1 yanvardan boshlab avtomobil sotib olganlik uchun yig‘im to‘liq bekor qilindi, ikkilamchi bozordan sotib olingan avtomobilni rasmiylashtirishda xarajatlar keskin kamaydi. Tadbir mobaynida qonunchilikdagi ushbu yangiliklar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi. Jarayonda aholiga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Yana bir muhim jihati, profilaktik tadbirlar huquqni muhofaza qiluvchi idorlar hamkorligida va albatta, mahallabay tizimida tashkil etilayotgani uning samaradorligini oshirmoqda. Har bir mahalladagi xonadonlarning ijtimoiy holati chuqur o‘rganilmoqda. Mirzaobod tumanida o‘tkazilgan tadbir davomida ham adliya, sud, ichki ishlar idoralari, hokimliklar va mahalla faollari hamda yoshlar ishlari agentligi vakillari ishtirokidagi ishchi guruh hududlarda xonadonma-xonadon yurib, oilalarning ijtimoiy holati o‘rganildi. Ularga hayotiy zarur masalalar bo‘yicha tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi.
O‘tkazilgan mazkur tadbirlar davomida “Street law” loyihasi doirasida yuridik texnikumning ko‘ngilli volontyorlaridan iborat targ‘ibot guruhi tomonidan aholi va yoshlarga huquqiy targ‘ibot materiallari tarqatildi.

Qonun ustuvorligi va konstitusiyaviy qonuniylikni ta’minlash hamda inson qadrini ushbu jarayonning bosh mezoni sifatida belgilash Yangi o‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasining aynan bir yo‘nalishi sanaladi. Albatta jamiyatda qonun ustuvorligiga qonuniylikni mustahkamlash, huquqiy madaniyatni yuksaltirish va profilaktik tadbirlarni kuchaytirish orqali erishiladi. Ana shunda sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldi olinadi, aholining hayoti bundanda tinch, bundanda osoyishta bo‘ladi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi