Янгиликлар
Xotin_qizlar_huquqlari
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi, Guliston shahar adliya bo‘limi, shahar mahalla va oilani qol‘llab-quvvatlash bo‘limi bilan hamkorlikda Guliston shahridagi xotin-qizlarni kasbga qayta tayyorlash Monomarkazida seminar tashkil qilindi.
Tadbirda gender tengligi, xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish, ayollarning mehnatga oid huquqlari, ayollarni monomarkazlarda kasbga qayta tayyorlash, ayollarni ijtimoiy himoya qilish, oilada ayollar va bolalar huquqlari kabi mavzularda ma’ruzalar qilindi.
Shundan so‘ng, tadbirning savol-javoblar qismiga o‘tildi. Tadbir ochiq muloqot tarzida davom etgani xotin-qizlarning turli hayotiy zarur masalalar yuzasidan huquqiy maslahatlar olishiga zamin yaratdi.
Viloyat adliya boshqarmasi, adliya bo‘limi, Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash bo‘limi xodimlari tomonidan ishtirokchilarni qiziqtigan savollariga tegishli javoblar berildi.
Shu bilan birga, tadbir davomida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshligi o‘rinbosari S.Tog‘ayev Monomarkazda kasbga tayyorlanayaotgan xotin-qizlar uchun sayyor qabul o'tkazdi.Sayyor qabul jarayonida kelib tushgan 10 ta murojaatlarning 3 tasiga joyida huquqiy tushuntirish berilib, vaqt va muddat talab qilinadigan 7 ta murojaat o'rganib chiqish uchun ish yurituvga qabul qilindi.“Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” tadbirlari doirasida joylarda targ‘ibot tadbirlari va sayyor qabullar davom etmoqda.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi