Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Xalq banki AT Sirdaryo tuman filialida huquqiy targ'ibot tadbiri o'tkazildi


Sirdaryo tuman adliya boʻlimi tomonidan Xalq banki AT Sirdaryo tuman filialida huquqiy targ'ibot tadbiri o'tkazildi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022-yildagi PF-60-son “2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmoni mazmun-mohiyati muhokamalar markazida bo'ldi.

Ta'kidlanganidek, bugungi islohotlar zamirida O‘zbekiston “Inson qadri ustuvor bo‘lgan jamiyat va xalqparvar davlat” degan muhim g‘oya mujassam. "Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili asosida keyingi besh yillikda mamlakatimizda amalga oshiriladigan islohotlarning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslarini yaratib berishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

Tadbirda 7 ta yo'nalishda 100 ta maqsadni ifoda etgan Taraqqiyot strategiyasining eng muhim jihatlariga alohida to'xtalib o'tildi.

Shuningdek, tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining  “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining mazmun-mohiyati ham batafsil tushuntirildi.

Tadbir keng qamrov kasb etib, jarayonda bir qator yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati xodimlar e'tiboriga yetkazildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi