Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi huzuridagi Ijtimoiy sheriklik bo‘yicha Jamoat komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi


Nodavlat notijorat tashkilotlar uyi binosida Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi huzuridagi Ijtimoiy sheriklik bo‘yicha Jamoat komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilishda Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi huzuridagi Ijtimoiy sheriklik bo‘yicha Jamoat komissiyasi a’zolari, Jamoat fondi xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda komissiya a’zosi sifatida Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Tog‘ayev so'zga chiqiqb kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi.
Muloqot mobaynida viloyat Bandlik bosh boshqarmasi, Sog‘liqni saqlash, Xalq ta’limi hamda Maktabgacha ta’lim boshqarmalarining 2021-yil davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobotlari eshitildi.

Shuningdek, Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondining 2021-yilda amalga oshirgan ishlari haqidagi hisoboti eshitilib, 2022-yilga mo‘ljallangan ish rejasi tasdiqlandi.


Bundan tashqari, yig‘ilishda Jamoat fondini tashkil etish uchun viloyat mahalliy byudjetidan ajratilgan mablag‘larining taqsimoti, Jamoat fondiga qo‘shimcha mablag‘ ajratilishi yuzasidan Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi sessiyasiga taklif kiritish masalasi, Jamoat fondi tomonidan grantlar tanlovini birinchi bosqichini e’lon qilish to‘g‘risidagi masalalar muhokama qilindi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi