Янгиликлар
Korrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsiyaning rivojlanishiga sabab bo‘layotgan shart-sharoitlarni bartaraf qilish hamda ijro intizomini kuchaytirish – davr talabi
Korrupsiyaga qarshi kurashish hamda korrupsiyaning rivojlanishiga sabab bo‘layotgan shart-sharoitlarni bartaraf qilish hamda ijro intizomini kuchaytirish – davr talabi. Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi, viloyat sudi, viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda “Sirdaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyatida tashkil etilgan tadbir ana shunday nomlandi.
Darhaqiqat, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni qaror toptirish bugun har qachongidan-da dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Buning uchun har bir fuqaro o‘zida mas’uliyatni his etishi lozim. Seminarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish maqsadida amalga oshirilayotgan izchil chora-tadbirlar, bu borada qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatiga to‘xtalib o‘tildi.
Ta’kidlanganidek, “korrupsiya” - mansabdor shaxslar o‘zlariga berilgan huquqlar va hokimiyat vakolatlaridan shaxsiy boylik orttirish uchun foydalanishda ifodalanuvchi siyosat yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyatdir.
Tadbir mobaynida “korrupsiya” so‘zining mohiyatiga alohida urg‘u berilib, uning salbiy oqibatlari hayotiy misollar asosida tushuntirildi.
Korrupsiyaga oid omillarga chek qo‘yishda ochiqlik va shaffoflik zarur. Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati to‘g‘risida keng ma’lumotlar berildi.
Seminarda Adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i B.Narbayev, viloyat prokuraturasi bo‘lim prokurori I.Ochilov, Viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi A.Ergashev, “Sirdaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ bo‘lim boshlig‘i N.Umarov mavzu yuzasidan ma’ruza bilan ishtirok etishdi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi