Янгиликлар
Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidir
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 46-moddasida “Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar”, deb belgilab qo‘yilgan. Ushbu konstitusiyaviy norma bugun hayotimizning barcha jabhasida tom ma’noda o‘z ifodasini topmoqda.
Ayniqsa mamlakatimizda xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasida huquqiy tenglikni mustahkamlash masalasi ustuvor vazifalardan biriga aylandi.
“Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi hamda “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlar va boshqa qator normativ-huquqiy hujjatlarning qabul qilinganligi yurtimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning jamiyatda tutgan o‘rni va nufuzini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mirzaobod tuman adliya bo‘limi, tuman mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash bo‘limi, tuman yuridik ko‘rsatish markazi hamkorligida “Toshkent” mahallasida joylashgan 6-sonli o‘rta umumta’lim maktabida, Toshkent oilaviy shifokor punkti va 9–sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etilgan tadbirlar xotin-qizlarning qonunchilikda belgilangan huquqlarini tushuntirish maqsadiga qaratildi.
Tadbirda gender tengligi, xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, ayollarning mehnatga oid huquqlari, ayollarni monomarkazlarda kasbga qayta tayyorlash, ayollarni ijtimoiy himoya qilish, oilada ayollar va bolalar huquqlari haqida keng ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, tadbir mobaynida yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati ham ishtirokchilar e’tiboriga yetkazildi.
Muloqot savol-javob, munozaralarga boy bo‘ldi. Mehnat qonunchiligi, oilaviy munosabatlar, xotin-qizlar huquqlariga oid ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga soha xodimlari tomonidan tegishli javoblar berildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi