Янгиликлар
Mamlakatimizda "Kontrafaktsiz oy" oyligi boshlandi
Ma'lumki, joriy yil 15-fevraldan 15-martgacha mamlakatimizda "Kontrafaktsiz oy" oyligi o'tkazilmoqda. Sirdaryo viloyat intellektual mulk himoyasi markazi tomonidan "Kontrafaktsiz oy" oyligini o‘tkazish yuzasidan viloyat Monopoliyaga karshi kurashish qo‘mitasining Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasi majlislar zalida Sirdaryo viloyat davlat soliq boshqarmasi va boshqa manfaatdor idora vakillari ishtirokida seminar tashkil etildi.
Seminarda dastlab, viloyat Intellektual mulk himoyasi markazi rahbari H.Mirshayev so'zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 28 yanvardagi «Intellektual mulk ob’yektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–4965-son qarori mazmun-mohiyati to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.
Ta’kidlanganidek, mazkur qaror intellektual mulk sohasini rivojlantirish mamlakatimizning jahon integrasiyasidagi asosiy omil ekanligidan kelib chiqib, intellektual mulk ob’yektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadbirda intellektual mulk sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish, soha faoliyatini rivojlantirish uchun zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish, Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar sohasida qonuniylikni ta’minlash, bunda idoralararo hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokamalar markazida bo‘ldi.
Shuningdek, muloqotda mazkur oylik davomida hamkor tashkilot va idoralar bilan birgalikda bozorlarda, savdo majmualari va ko‘chma savdo maskanlarida kontrafakt mahsulotlar realizasiyasining oldini olishga qaratilgan profilaktika tadbirlarni o‘tkazish, kontrafakt mahsulot ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar aniqlangan hollarda ularni ogohlantirish va noqonuniy harakat uchun javobgarlikni kuchaytirish lozimligi alohida ta’kidlandi.
Tadbir nihoyasida intellektual mulk sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashda targ‘ibot-tashviqot ishlarini yanada kuchaytirish masqsadi ilgari surilib, "Kontrafaktsiz oy" oyligini o‘tkazishda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan o‘zaro kelishib olindi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi